platina.uz
Jamiyat

Qoramollar orasida jiddiy kasallik uchrayotgani haqida audio tarqatgan fuqaro ogohlantirildi

Qishloq xoʻjaligi vazirligiga koʻra, soʻnggi olti oy davomida chorva mollarida biror bir kasallik aniqlanmagan. 

Qoramollar orasida jiddiy kasallik uchrayotgani haqida audio tarqatgan fuqaro ogohlantirildi

Qoramollar orasida xavfli kasallik uchrayotgani haqida xabar tarqatgan fuqaro ogohlantirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs tomonidan qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani tufayli har joydan ham goʻsht sotib olmaslikka chorlovchi audioxabari turli muhokamalarga sabab boʻldi.

Holat Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda tegishli idora vakillari hamkorligida atroflicha oʻrganildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, soʻnggi olti oy davomida hududdagi chorva mollarida biror bir kasallik aniqlanmaganligi, qoramollar sogʻlom parvarish qilinayotgani aniqlandi.

Xabar tarqatgan audioxabar egasi Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F. T. ekanligi maʼlum boʻldi. Fuqaro F.T. ga yolgʻon xabar berish, vahima uygʻotuvchi asoslanmagan maʼlumot tarqatish uchun qonunchilikda jiddiy jazo borligi tushuntirildi hamda mutasaddi idoralar tomonidan ogohlantirildi.

"Maʼlumot oʻrnida, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimga doir har qanday yoʻnalishda jiddiy nazoratga olgan. Shuningdek, chorvachilikda yangi va zamonaviy yondashuvlar, qoramollarni sifatli yetishtirish, ularni ehtimoliy kasalliklardan saqlash boʻyicha ham doimiy kuzatuv oʻrnatilgan", deyiladi vazirlik xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid