platina.uz
Jamiyat

Qariyb 800 mingga yaqin ish oʻrinlari hisobotlarga qoʻshib yozilgani aniqlandi

Ish haqi va nafaqa pullarining 4,2 mlrd. soʻmi talon - toroj  qilinganligi  aniqlanib,  52 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. 

Qariyb 800 mingga yaqin ish oʻrinlari hisobotlarga qoʻshib yozilgani aniqlandi

Bosh prokuratura maʼlumotiga kkoʻra, 764 ming oshiq iish oʻrinlari hisobotlarga qoʻshib yozilgan.

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning aholiga yoʻllagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Aholi bandligiga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash borasida nazorat kuchaytirilgan holda olib borilmoqda.

Xususan, oʻtkazilgan oʻrganishlarda 764 ming 723 ta yangi ish oʻrinlari hisobotlarga qoʻshib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, 327 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,3 mlrd. soʻm ish haqlari undirib berilishi taʼminlandi.

Prokurorlar tashabbusi bilan 582 marotaba mehnat yarmarkalari oʻtkazilib, ularda 8 ming 759 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

Ish haqi va nafaqa pullarining 4,2 mlrd. soʻmi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Kredit mablagʻlari talon - torojligining oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini taʼminlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirildi.

Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 9,2 trln. soʻmi amalda undirildi, 8 trln. Soʻmlik kreditlar boʻyicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi taʼminlandi, 1,3 trln. soʻmlik ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablagʻlarining 2 trln. soʻmi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, bank va

mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 646 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishga doir dasturlar ijrosi alohida nazoratga olinib, byudjet mablagʻla-

rining maqsadli sarflanishini taʼminlash, talon - toroj qilinishining oldini olish choralari koʻrilmoqda.

2024 yilgi investitsiya dasturi ijrosini taʼminlashda qurilish sifati va mablagʻlardan maqsadli foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib, 29 mlrd. soʻmlik sifatsiz ishlar va 47 mlrd. soʻmlik qoʻshib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olindi.

Olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 347 nafar shaxs intizomiy, 1 ming 520 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

1 ming 909 nafar mansabdor shaxslar rasman ogohlantirildi, 196 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlar tiklanishi taʼminlandi.

Shuningdek, qoʻpol qonun buzilishi holatlari boʻyicha 215 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, davlatga yetkazilgan 35 mlrd. soʻmi undirildi.

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 8 ming 770 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov oʻtkazilib, 7 ming 849 nafar shaxsga nisbatan 5 ming 135 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 1,9 trln. soʻmlik zarar undirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid