Prezident Shahnoza Mirziyoyevaga vazifa topshirdi

U kambagʻal oilalar farzandlarini bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli taʼlim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama koʻmak berish masalalarini muvofiqlashtirishga masʼul boʻladi. 

Jamiyat
7 kun avval, 19:27
Prezident Shahnoza Mirziyoyevaga vazifa topshirdi

Prezident Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yangi vazifa topshirdi. 

Prezident har bir kambagʻal oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit yaratilishini eʼlon qildi. Bunda:

- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining oʻzlashtirish koʻrsatkichi kamida 80 foiz boʻlsa, ularga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti beriladi;

- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini toʻplagan kambagʻal oila farzandlariga qoʻshimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil boʻlgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard soʻmlik grant eʼlon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni oʻzlashtirishidan kelib chiqib, kambagʻal oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Kambagʻal oilalar farzandlarini bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli taʼlim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama koʻmak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+