platina.uz
Jamiyat

Agrobankning Navoiy boshqarmasiga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Boshlangʻich narxi 2 mlrd 620 mln soʻmlik 10 ta davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi aniqlangan. 

Agrobankning Navoiy boshqarmasiga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Agrobankning Navoiy boshqarmasiga qarshi ish ochildi.

Raqobat qoʻmitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Agrobank ATB Navoiy viloyati boshqarmasida 2023 yil va 2024 yilning oʻtgan davri davomida oʻtkazilgan tanlov (tender) savdolarida Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, boshlangʻich narxi 2 mlrd 620 mln soʻmlik 10 ta davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi.

Jumladan, tanlov hujjatlariga mos ravishda baholamaslik, muvofiqlashtirish hamda ishtirokchilar oʻrtasidagi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan talablar mavjudligi alomatlari kuzatildi.

Yuqoridagilarga koʻra, Maxsus komissiyasi tomonidan Agrobank ATB Navoiy viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga amal qilinmaganligi holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

Ishni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid