platina.uz
Jamiyat

Yangiyoʻldagi yogʻ-moy korxonasiga ish qoʻzgʻatilib, chora koʻrildi

10 tonnadan ziyod sovun tasdiqlangan grafik rejasi asosida muddatlar va hajmlarda birjaga qoʻyilishi koʻrsatilgan boʻlsada, mahsulot umuman sotuvga chiqarilmaganligi aniqlangan. 

Yangiyoʻldagi yogʻ-moy korxonasiga ish qoʻzgʻatilib, chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi "Yangiyo‘l yog‘-moy" nisbatan tegishli chora qoʻlladi. Bunga uning manipulyatsiya harakatlari sabab boʻlgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini oʻtkazib borishi belgilangan.

Monitorning oʻtkazish natijasida, “YANGIYO‘L YOG‘-MOY” AJ tomonidan 2024 yil fevral oyida birja savdolariga 10 tonnadan ziyod 250 mln soʻmga yaqin sovun mahsuloti tasdiqlangan grafik rejasi asosida muddatlar va hajmlarda qoʻyilishi koʻrsatilgan boʻlsada, ushbu mahsulot umuman sotuvga chiqarilmaganligi holatlari aniqlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 311-bandi 18-xatboshisida, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish” harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi.

Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “YANGIYO‘L YOG‘-MOY” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid