platina.uz

Toshkentdagi boʻyoq zavodiga oʻt ketdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, yongʻin haligacha oʻchirilmagan.

Jamiyat
10-sentabr 2024 yil
Toshkentdagi boʻyoq zavodiga oʻt ketdi
Foto: Platina.uz

Toshkent viloyati Zangiota tumanida boʻyoq sexi yonib ketdi.

Bugun 10 sentabr kuni soat 14:15da Zangiota tumani, "Erkin" MFYda joylashgan boʻyoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Yongʻin oʻchirish ekipajlar yetib borishgan, ayni vaqtda yongʻinni oʻchirish ishlari bajarilmoqda.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi, deyiladi xabarda.

Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda maʼsul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+