platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi

Muzokaralarda hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Rossiya delegatsiyasi Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi yigʻilishi doirasida mamlakatda boʻlib turibdi.

Uchrashuv avvalida Mixail Mishustin Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomini yetkazdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Prezidentining joriy yil 26-28 may kunlari Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida qabul qilingan qaror va kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu maʼnoda, Qoʻshma komissiyaning kecha oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishining samarali natijalari yuqori baholandi.

Tovar ayirboshlash surʼatini saqlab qolish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor sohalarida hamkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda jadallashtirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrish zarurligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston rahbari hududlar darajasida amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish, jadal madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, migratsiya sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhim ekanini qayd etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid