"Oʻztelekom" Xorazm viloyati boʻylab Wi-Fi hududlari sonini orttirmoqda
“Oʻzbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida viloyatdagi jami 8 ta istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarda 16 ta Wi-Fi nuqtalari tashkil etildi.

“Oʻzbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning iyul-avgust oylarida viloyatdagi jami 8 ta istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarda 16 ta Wi-Fi nuqtalari tashkil etildi.
Internet tezligi koʻrsatkichiga qarab bepul – 1 Mbit/sek va pullik – 10 Mbit/sek.lik Wi-Fi nuqtalari viloyat aholisi hamda hududga tashrif buyurgan sayyohlar uchun Internet xizmatidan foydalanish imkoni kengaytirmoqda.
“Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy shuʼbasi tomonidan mazkur Wi-Fi hududlarda oʻrganish ishlari olib borilib, koʻrsatilayotgan xizmatlar holati ijobiy baholangan va qoʻshimcha tavsiyalar berilgan.