platina.uz
Jamiyat

Olti turdagi muzqaymoqlarda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi

Qadogʻida shakarsiz deb koʻrsatilgan “Xottabыch” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”, “Shokoladli”, “Olxoʻri mevali”, “Olma mevali”va “Plombir” kabi mahsulotlar umumiy texnik reglament talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.

Olti turdagi muzqaymoqlarda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi

Raqobat qoʻmitasi oʻtkazgan nazorat xaridida 7 turdagi muzqaymoqdan 6tasida ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi.

Nazorat tadbirida “X XASANBOY VA XOLOD” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadogʻida shakarsiz deb koʻrsatilgan “Xottabыch” nomli muzqaymoqning 7ta turi xarid qilindi va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan uchta laboratoriyaga topshirildi.

1. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining tasarrufidagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi laboratoriyasining xulosasiga koʻra, muzqaymoq qadogʻida shakarsiz deb koʻrsatilgan “Xottabыch” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”,“Shokoladli”, “Olxoʻri mevali” va “Plombir” turlari tarkibida ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlanganligi sababli bakteriologik koʻrsatkichlari boʻyicha SanPin 0366-19 talablariga nomuvofiq deb topildi.

2. “TEXNOSTANDART NEO” MChJning akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyasi xulosasiga koʻra, qadogʻida shakarsiz deb koʻrsatilgan “Xottabыch” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”,“Shokoladli” kabi turdagi mahsulotlar tarkibida shakar miqdori belgilangan meʼyorlardan ikki barobarga koʻpligi yaʼni, belgilangan meʼyor 14,5 - 17,5 % oʻrniga 37,7 -38,1 % ekanligi maʼlum boʻldi, “Olma mevali” plombir mahsulotida esa aksincha saxaroza miqdori meʼyordan kamligi aniqlandi.

3. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining mahsulot markirovkasi (qadogʻi) boʻyicha bergan xulosasiga koʻra, qadogʻida shakarsiz deb koʻrsatilgan “Xottabыch” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”, “Shokoladli”, “Olxoʻri mevali”, “Olma mevali” va “Plombir” kabi turdagi mahsulotlarda isteʼmolchiga tegishli boʻlgan 10 ga yaqin zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan.

Mazkur holatda MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadogʻida shakarsiz deb koʻrsatilgan “Xottabыch” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”, “Shokoladli”, “Olxoʻri mevali”, “Olma mevali”va “Plombir” kabi turdagi mahsulotlari tarkibi hamda Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.

Shuningdek, oʻrganish davomida ushbu muzqaymoqlarning qadogʻida “Muzqaymoqni isteʼmol qilish vazningizni kamaytirishda, immunitetni oshirish va stressdan chiqishda yordam beradi, shuningdek, yaxshi kayfiyat taqdim etadi” degan maʼnodagi yozuvlarini tasdiqlovchi hech qanday xulosalar mavjud emasligi aniqlandi, deyiladi qoʻmita maʼlumotida.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid