platina.uz
Jahon

Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi

Mamlakat bosh vaziri bolalarning gadjetlardan voz kechishlarini va sport bilan shugʻullanishlarini istashini aytgan.

Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishini aytdi. Eng kam yosh chegarasi hali belgilanmagan, ammo u 14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlishi kutilmoqda.

Albaniz bu yil bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklash uchun federal qonunlar kiritilishi haqida ogohlantirdi. Avstraliya bosh vaziri bu platformalarning yoshlarga taʼsirini katta xavf deb atadi.

Albanizning soʻzlariga koʻra, bolalarning bunday saytlarga kirishi uchun minimal yosh hali belgilanmagan, biroq u 14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlishi mumkin. Bosh vazir 16 yoshli chegarani maʼqul koʻrishini aytgan.

Kelgusi oylarda yoshni tekshirish sinovlari boʻlib oʻtadi, ammo tahlilchilar yosh chegarasini joriy etishning texnik imkoniyatiga shubha qilishadi.

Bosh vazir bolalarning gadjetlardan voz kechishlarini va sport bilan shugʻullanishlarini istashini aytgan.

Ushbu tashabbusning maqsadi, shuningdek, yosh avstraliyaliklarga haqiqiy odamlar bilan haqiqiy tajriba berishdir. U ijtimoiy tarmoqlarni falokat deb atadi, buning natijasida bolalar keyinchalik ruhiy muammolarga duch kelishadi.

Avstraliyaning konservativ muxolifat yetakchisi Piter Datton yosh chegarasini joriy etishni qoʻllab-quvvatlashini aytgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid