platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Futzal jahon chempionati: terma jamoalar Oʻzbekistonga kelmoqda

Ispaniya, Kuba va Afgʻoniston kabi jamoalar futzal chempionatidagi ishtirok uchun mamlakatga yetib keldi. 

Futzal jahon chempionati: terma jamoalar Oʻzbekistonga kelmoqda

Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati ishtirokchilari mamlakatga yetib kelmoqda.

Chempionat oldidan muhim tadbir boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sport vazirligi hamda 2024 yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionati tashkiliy qoʻmitasi va FIFA vakillari ishtirokida yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining Xavfsizlik konsepsiyasi imzolandi.

Futzal jahon chempionati: terma jamoalar Oʻzbekistonga kelmoqda

Xavfsizlik konsepsiyasining imzolanishi turnirga tayyorgarlikning majburiy bosqichi boʻlib, musobaqaning muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlashda muhim jarayon hisoblanadi.

Xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish huquqiy-meʼyoriy bazani, shuningdek, bu kabi yirik miqyosdagi turnirlarni tashkil etish boʻyicha xalqaro talablarni har tomonlama tahlil qilish natijasida yuzaga keladi.

Ushbu konsepsiyani ishlab chiqish jarayonida orttirilgan tajriba va bilim kelajakda xalqaro turnirlarni tashkil etish, oʻtkazish va bu tajribani butun dunyo boʻylab ulashish imkoniyatini taqdim etadi.

Futzal jahon chempionati: terma jamoalar Oʻzbekistonga kelmoqda

Shuningdek, chempionat ishtirokchilari Oʻzbekistonga kela boshladi. Ular orasida Afgʻoniston, Kuba va Ispaniya kabi termalar ham bor.

Futzal jahon chempionati: terma jamoalar Oʻzbekistonga kelmoqda
Futzal jahon chempionati: terma jamoalar Oʻzbekistonga kelmoqda
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid