DXX “Xavfsiz daryo boshqarmasi” mansabdorini qoʻlga oldi

U noqonuniy ravishda qum qazib olayotganlik holatini aniqlab, fuqaroga nisbatan chora koʻrmaslik va boshqalar evaziga 3 ming dollar talab qilgan. 

Jamiyat
9-sentabr, 17:45
DXX “Xavfsiz daryo boshqarmasi” mansabdorini qoʻlga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi mansabdor xodimi Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan maxsus texnikalar yordamida “Qashqadaryo” daryosi atrofidan noqonuniy ravishda qum qazib olayotganlik holatini aniqlab, unga nisbatan chora koʻrmaslik va ushbu noqonuniy holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan ekskavator-yuklagich texnikasini chiqarib berish, shuningdek, kelgusida qum qazib olishida rahnamolik qilish evaziga 3 ming AQSh dollari  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 
 

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyatidagi qurilish obʼektlarida nazorat oʻlchov faoliyatini amalga oshiruvchi MChJning yetakchi mutaxassisi Jizzax viloyatida qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan  joriy yilning may oyida prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida, ushbu MChJ tomonidan Yangiobod tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat oʻlchovida aniqlangan qoʻshib yozish holatlarini tekshiruv xulosasida koʻrsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln. soʻm talab qiladi.
 

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis talab qilingan pul mablagʻidan 150 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.
 

Holat boʻyicha qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari hamda  28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+