platina.uz
Jamiyat

20 milliard soʻmga yaqin davlat xaridlarida qonunbuzilishi aniqlandi

Qoʻqon shahar Obodonlashtirish  boshqarmasida 6,3 mlrd soʻmlik qonunga zid xaridlar oʻtkazilgan. 

20 milliard soʻmga yaqin davlat xaridlarida qonunbuzilishi aniqlandi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida jami 20 milliard soʻmga yaqin davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Andijon viloyati misolida:

Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 100 mln soʻmlik;

Marhamat tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 200 mln soʻmlik;

Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining 180 mln soʻmlik;

Xonobod shahar Tibbiyot birlashmasining 645 mln soʻmlik;

Buxoro viloyati misolida

Jondor tuman Tibbiyot birlashmasining 210 mln soʻmlik;

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 270 mln soʻmlik;

Kogon shahar Tibbiyot birlashmasining 650 mln soʻmlik;

Jizzax viloyati misolida

Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyining 1 mlrd soʻmga yaqin;

Qashqadaryo viloyati misolida

Yakkabogʻ tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 150 mln soʻmlik;

Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 1,7 mlrd soʻmlik;

Xorazm viloyati misolida

Bogʻot tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 1,1 mlrd soʻmlik;

Urganch shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 1 mlrd 22 mln soʻmlik;

Namangan viloyati misolida

Kosonsoy tuman 3-son Kasb-hunar maktabining 250 mln soʻmlik;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida

Nukus shahar Tibbiyot birlashmasining 748,2 mln soʻmlik;

Sirdaryo viloyati misolida

Xovos tuman Tibbiyot birlashmasining 89,9 mln soʻmlik;

Navoiy viloyati misolida

Karmana tuman “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan ixtisoslashtirilgan 25-sonli maktab internati” DMning 440 mln soʻmlik;

Samarqand viloyati misolida

Bulungʻur tuman Tibbiyot birlashmasining 973,6 mln soʻmlik;

Toshkent viloyati misolida

- Chirchiq shahar Madaniyat boʻlimining 344,7 mln soʻmlik;

Toshkent shahri misolida

- “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi” markazining 907,1 mln soʻmlik;

- “Oʻzbektelekom” AJning 494,9 mln soʻmlik;

- Virusologiya ilmiy tadqiqot institutining 450 mln soʻmlik;

Fargʻona viloyati misolida

Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 100 mln soʻmlik;

- Bagʻdod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 492 mln soʻmlik;

- Qoʻqon shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 6,3 mlrd soʻmlik;

- Buvayda tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasining 165,5 mln soʻmlik;

-davlat xaridlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan. Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli modda talablari buzilganligi aniqlandi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, buyurtmachilarga nisbatan Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi, Qoʻmita koʻrsatmasi bilan tanlov savdolari bekor qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatmalar berildi va masʼullarga tegishli choralar koʻrildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid