Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga joʻnab ketdi
Prezident Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari ochilish marosimida ishtirok etadi.
Siyosat
8-sentabr 2024 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan 8 sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.
Qozogʻiston poytaxtida davlatimiz rahbari beshinchi Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari – YuNESKOning Nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan etnik sport turlari boʻyicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Taʼkidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.