Shahina Yigitaliyeva kumush medalni qoʻlga kiritdi
15 yoshli Yigitaliyeva Oʻzbekiston paralimpiya jamoasidagi eng yosh sportchi sanaladi.
Sport
7-sentabr 2024 yil
15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya oʻyinlarining kumush medaliga sazovor boʻldi.
Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.
Qayd etish lozimki, Shahina Yigitaliyeva delegatsiya tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi.
Isteʼdodli para atletimiz 2008 yil 16 oktabrda tavallud topgan.
Afsuski, ushbu yoʻnalishda qatnashgan yana bir sportchi Roziya Ergasheva 35.98 metr natija bilan 9-oʻrinni egalladi.