Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistondagi ogʻir hududlarga bordi
"Ushbu hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilash borasida qilinadigan ishlar hali koʻp", deb yozgan Prezident yordamchisi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qoraqaplogʻistondagi ogʻir hududlarga bordi.
"Kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlarga bordik va joylardagi ahvolni oʻrgandik.
Ushbu hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilash, ular uchun munosib sharoit yaratish borasida qilinadigan ishlar hali koʻp", deb yozgan Mirziyoyeva.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Saida Mirziyoyevaga Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazoratni yuklatgandi.
Telegramda kuzatib boring!