Rossiya bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi
Tashrif davomida hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi elchisi Oleg Malginov maʼlumot berdi.
"Albatta, munosabatlarimiz rivoji haqida gapirishga tayyorman, ayniqsa, hozir muhim voqea – bu Bosh vazirning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi kutilayotgani uchun xursandman", dedi Malginov "Izvestiya" nashriga.
Uning qoʻshimcha qilishicha, tashrif davomida hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Qayd etilishicha, muzokaralarda migratsiya oqimini normallashtirish, energetika sohasidagi hamkorlik va turizmni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Eslatib oʻtamiz, may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Oʻzbekistonga kelgandi.