Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida eng yaxshi natijasini yangiladi
Tolibboy Yoʻldoshev Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga toʻqqizinchi oltin medalni taqdim qildi.
Tolibboy Yoʻldoshev – Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi.
Para yengil atletikachi Tolibboy Yoʻldoshev Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga toʻqqizinchi oltin medalni taqdim qildi. F37 klassida disk uloqtirish sektorida ishtirok etgan sportchi 57.28 metr natija bilan faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi.
Temurbek Giyazov oʻz nomini Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining sovrindorlari qatoriga qoʻshib qoʻydi. T64 klassida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan sportchi 2.03 metr natija bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, delegatsiya hisobidagi medallar hozirgacha 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi. Oʻzbekiston medallar sifati boʻyicha eng yaxshi natijasini yangiladi.
Telegramda kuzatib boring!