platina.uz
Jamiyat

"Namangan suv taʼminoti" noqonuniy xaridlar oʻtkazishda aybdor deb topildi

Tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan esa maʼmuriy jarima qoʻllanilishi belgilangan. 

"Namangan suv taʼminoti" noqonuniy xaridlar oʻtkazishda aybdor deb topildi

"Namangan suv taʼminoti" AJga nisbatan tegishli chora koʻrildi.

Raqobat qoʻmitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi “Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan 2023-2024 yillarda amalga oshirilgan davlat xaridlari yuzasidan oʻrganish va tahlillar olib borilgan.

Jumladan, Namangan viloyat prokuraturasining topshirigʻiga koʻra, “Namangan suv ta’minoti” AJ buyurtmachiligida 2023 yil davomida hamda 2024 yil 16 iyun kuniga qadar jami 167 ta lot boʻyicha boshlangʻich narxi 4,9 mlrd soʻmga yaqin amalga oshirilgan davlat xaridlari oʻtkazilgan.

Oʻrganishlar davomida mazkur aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etilmagani maʼlum boʻldi.

Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan 36 ta lot boʻyicha boshlangʻich narxi 846,1 mln soʻmlik tanlov savdolarida bir-biriga bogʻliq boʻlgan (affillangan) jamiyatlar gʻolib deb topilganligi aniqlandi.

Hududiy boshqarma tomonidan davlat xaridlarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi yuzasidan Buyurtmachi tashkilotga (“Namangan suv ta’minoti” AJ) nisbatan tuzilgan maʼlumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organga taqdim etildi.

Shuningdek, “Namangan suv ta’minoti” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllash boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga maʼlumotlar yuborildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid