platina.uz
Jamiyat

DXX harbiy poligonida aksilterror mashqlari oʻtkazildi

Unda shartli terrorchilarni zararsizlantirish doirasida maxsus va harbiy texnikalar, jumladan aviatsiya va uchuvchisiz uchuv apparatlaridan foydalanildi. 

DXX harbiy poligonida aksilterror mashqlari oʻtkazildi

5 sentabr kuni Oʻzbekiston DXX harbiy poligonida MDH Aksilterror markazi koʻmagida Hamdoʻstlik vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashqlari oʻtkazildi.

Undan koʻzlangan asosiy maqsad terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish, chegara xavfsizligiga rahna soluvchi terrorchilik tahdidlarini zararsizlantirish va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni oʻtkazishda MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

Aksilterror mashqlariga ShHT va MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari rahbarlari va vakillari, manfaatdor xalqaro tashkilotlar vakolatli tuzilmalari kuzatuvchilari taklif etildi.

Muhim infratuzilma obʼektlarida garovga olinganlarni ozod qilish va shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini sinovdan oʻtkazish doirasida maxsus va harbiy texnikalar, jumladan aviatsiya va uchuvchisiz uchuv apparatlaridan foydalanildi.

Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi DXX, IIV, FVV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi maxsus boʻlinmalari, shuningdek Bosh Prokuratura va Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari jalb qilindi.

Kuzatuvchilar eʼtiboriga noqonuniy qurollangan terrorchilik guruhlarini yoʻq qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiya elementlari hamda ommaviy tartibizliklarni bostirish va inqirozli vaziyatlarni bartaraf etish choralari havola etildi.

Oʻtkazilgan oʻquv mashqlari davomida shartli terrorchilik guruhlarini zararsizlantirishga jalb etilgan kuch va vositalarning yuqori darajadagi tayyorgarligi, vazirlik va idoralarning hamkorlikdagi harakatlari namoyish etildi.

DXX harbiy poligonida aksilterror mashqlari oʻtkazildi

“Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashqlari Hamdoʻstlik davlatlari maxsus xizmatlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlik muhim ekanini koʻrsatdi. Mashqlar qoʻshma aksilterror tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish tajribasini takomillashtirishga hissa qoʻshdi, terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish, jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha kelishilgan harakatlar shakllari va usullarini ishlab chiqish imkonini berdi.

Ushbu aksilterror mashqlari MDH Aksilterror markazi koʻmagi ostida oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarning yigirmanchisi boʻlib, ularning 6 tasida Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan.

Umuman olganda, “Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashqlari va uning doirasida boʻlib oʻtgan tadbirlar ishtirokchilar va kuzatuvchilarda ijobiy taassurot qoldirgan.

Ularning yuqori darajada tashkil etilgani, jalb etilgan maxsus boʻlinmalarning shaxsiy tarkibi hamda boshqa idoralar vakillarining professionalligi alohida qayd etildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid