Shavkat Mirziyoyev qirgʻizistonlik sanʼatkorlarni mukofotladi
Omurbayev Nur Santashevich Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki nafar qirgʻizistonlik sanʼatkorlarni faxriy unvon bilan mukofotladi. Bu haqda prezident farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
«Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan
Omurbayev Nur Santashevich - T.Satilganov nomidagi Qirgʻiz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori;
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist» faxriy unvoni bilan
Duyshenbek uulu Zakirbek - Qirgʻiz Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi mukofotlandi.