platina.uz

Saylovchilarga bir necha marta byulleten berganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident imzolagan qonun bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Siyosat
5-sentabr 2024 yil
Saylovchilarga bir necha marta byulleten berganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bitta saylovchiga bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Bu boʻyicha Prezident tomonidan qonun imzolandi. Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+