"Oʻztelekom" chekka qishloqlarga ham kirib boryapti
Olis hududda yashayotgan taxamliklar endi mobil aloqa va internetdan foydalanishadi.

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Qashqadaryoning Taxam qishlogʻi aholisi uchun "Oʻztelekom" aloqa operatori tomonidan yangi tayanch stansiya oʻrnatilib, mobil aloqa va internet tarmogʻi ishga tushirildi.
.jpg)
Endilikda taxamliklar dunyo, mamlakatimiz, viloyat hamda tumanlarda olib borilayotgan oʻzgarishlarni onlayn kuzatib borishlari mumkin.
“Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmati