Oʻzbekiston Shimoliy Koreyani magʻlub etdi
Milliy terma jamoamiz JCh-2026 3-saralash bosqichida dastlabki oʻyinini oʻtkazdi.
Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida futbol boʻyicha 2026 yilgi jahon chempionati Osiyo qitʼasi 3-saralash bosqichida Oʻzbekiston va Shimoliy Koreya termalari maydonga tushdi.
Oʻyinning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov chiroyli gol bilan hisobni ochdi. Mehmonlar foydasiga 40-daqiqada penalti belgilangandi, ammo darvozabonimiz Oʻtkir Yusupov uni qiyinchiliksiz ushlab oldi.
Ikkinchi boʻlimda koreyslar oʻyinni kuchaytirishdi, biroq bu ularga kamlik qildi. Shu tariqa terma jamoamiz dastlabki 3 ochkosini qoʻlga kiritdi.
Endi 10 sentabr kuni 2-turda Oʻzbekiston qoʻshni Qirgʻizistonga safar qiladi.
JCh-2026, Osiyo saralashi, 3-bosqich
Oʻzbekiston - KXDR 1:0
Gol: Jaloliddin Masharipov 20.