Majburiy tibbiy sugʻurta 1 oktabrdan ishga tushadi
Buning uchun 2024 yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi.
Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi 1 oktabrdan Toshkent shahri va Sirdaryo viloyati, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpogʻiston, 2026 yil yakuniga qadar boshqa hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 sentabr kuni sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish hamda tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.
Mavzuga doir: Navbatga yozilish uchun navbatga yozilishdan oldin navbatga yoziling
Buning uchun 2024 yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.
Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sugʻurta doirasida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Telegramda kuzatib boring!