Filippin osmonida asteroid yonib ketdi
Astronomik jism poytaxt Maniladan bir necha yuz kilometr uzoqlikda qayd etilgan.
Jahon
5-sentabr 2024 yil
Filippinda ulkan asteroid tasvirga tushdi. Uning atmosferaga kirgach, havoda yonayotgani aks etgan holatlar tarqaldi.
4 sentabr, chorshanba kuni diametri taxminan 1,5 metr boʻlgan 2024 RW1 asteroidi Filippin uzra Yer atmosferasiga kirib keldi. Uning parvozi videoga olingan, deb xabar beradi New Sciencist.
Nashrning yozishicha, bulutli ob-havo tufayli astronomlar asteroidni osmon boʻylab yorqin miltillashdan bir necha soat oldin payqashgan.
NASA'ning muvofiqlashtirish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda asteroid "Yer atmosferasiga xavfsiz tarzda taʼsir qilgani" haqida xabar berdi.