AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning yirik propaganda nashrlariga qarshi sanksiyalar kiritdi
Cheklovga tushganlar orasida jurnalist Margarita Simonyan, uning oʻrinbosarlari Yelizaveta Brodskaya va Anton Anisimov ham bor.
AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning yirik propaganda nashrlariga qarshi sanksiyalar eʼlon qildi.
Ular ichida "Rossiya Segodnya", RIA" Novosti", Russia Today, Sputnik va Ruptly media guruhlari bor.
"Kreml Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda uning butun dunyo boʻylab ittifoqchilari va hamkorlarining milliy xavfsizligi va tashqi siyosiy manfaatlariga putur yetkazish uchun yashirin xorijiy zararli taʼsir kampaniyalari va noqonuniy kiberfaoliyatlarni oʻz ichiga olgan bir qator vositalardan foydalanadi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Sanksiyalarga tushganlar orasida RT bosh muharriri Margarita Simonyan, uning oʻrinbosarlari Yelizaveta Brodskaya va Anton Anisimov, RT ingliz tilidagi yangiliklarni uzatish direktor oʻrinbosari Andrey Kiyashko, RT raqamli media loyihasi menejeri Konstantin Kalashnikov va boshqalar ham bor.
Shuningdek, AQSh Adliya vazirligi RT telekanalining ikki xodimini 10 million dollarlik firibgarlikda aybladi, dedi AQSh bosh prokurori Merrik Garland.
Uning soʻzlariga koʻra, ular Amerika auditoriyasi orasida" Rossiya hukumatining yashirin xabarlari bilan" kontent yaratish va tarqatish bilan shugʻullanadi.
Garlandning taʼkidlashicha, RT va uning xodimlari, jumladan, ayblanuvchilar Konstantin Kalashnikov va Klena Afanaseva internet turli shaxslar bilan muloqot qilib, "ijtimoiy tarmoqlar orqali rossiyaparast propaganda va dezinformatsiyani tarqatish uchun ularga deyarli 10 million dollar bergan".