Xitoyda avtobus odamlarni bosib ketdi: 11 kishi halok boʻlgan
Hodisa Shandun provinsiyasidagi maktab yaqinida roʻy berdi. Halok boʻlganlarning besh nafari bolalardir.
Xitoy avtobus odamlarni bosib ketishi oqibatida 11 kishi halok boʻlgan. Ular orasida maktab oʻquvchilari ham bor.
Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Tayan shahridagi maktab avtobusi taʼlim muassasasi darvozasi oldida turgan oʻquvchilar va ota-onalarni bosib ketdi. Hodisa natijasida 11 kishi, besh nafar oʻquvchi halok boʻlgan. Yana bir necha kishi jarohat olgan, ulardan biri ogʻir ahvoldayu
Xitoy davlat matbuoti maʼlumotlariga koʻra, haydovchi avtomashinaning boshqaruvini yoʻqotib qoʻygan. Politsiya voqea sabablarini oʻrganmoqda.
Odamlar avtobus ostida qolib ketganligi aks etgan surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilmoqda.
Ushbu hodisa oʻquvchilarning yangi oʻquv yili boshlanishi uchun maktabga qaytganidan bir necha kun oʻtgach sodir boʻlgan.
Xitoyda halokatli yoʻl-transport hodisalari tez-tez uchrab turadi. Joriy yilning iyul oyida mahalliy politsiyaning maʼlum qilishicha, markaziy Changsha shahrida avtomobil bir guruh piyodalar ustiga borib urilgan, natijada sakkiz kishi halok boʻlgan va bir necha kishi jarohatlangan.