Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi 50 foizga kamaytiriladi
Ushbu imtiyoz 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha amal qiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
"Prezidentning tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-132-son, 30.08.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, eksport operatsiyalari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashda:
-soliq toʻlovchilardan Oʻzbekiston bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;
- bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos boʻladi.
Asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar importiga oid kontraktda ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan boʻlsa, mazkur operatsiya boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda koʻrsatilgan yetkazib berish muddati eʼtirof etiladi.
2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Telegramda kuzatib boring!