platina.uz

Ukrainada bir paytning oʻzida besh yirik amaldor isteʼfoga chiqdi

Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ham ketishi mumkin. Uning oʻrnini oʻrinbosari Andrey Sibiga egallashi kutilyapti. 

Jahon
4-sentabr 2024 yil
Ukrainada bir paytning oʻzida besh yirik amaldor isteʼfoga chiqdi

Ukrainada birdaniga besh yirik amaldor isteʼfoga chiqmoqda. Bu haqda "RBK Ukraina" xabar berdi.

Unda yozilishicha, “3 sentabr kuni Oliy Rada quyidagi shaxslardan isteʼfoga chiqish toʻgʻrisida rasmiy xatlar oldi:

- Ukrainaning strategik sanoat vaziri Kamishin O.M.;
- Ukraina adliya vaziri Malyuska D.L.;
- Ukraina atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri R.A.
- Ukraina Bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari Olga Stefanishina;
- Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vaziri Irina Vereshchuk.

Shuningdek, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ham isteʼfoga chiqishi mumkin.

Prezident Vladimir Zelenskiy oʻzining kechki murojaatida Vazirlar Mahkamasi uchun maʼlum kadrlar qarorlari allaqachon tayyorlanganini aytdi.

Prezident devonida ham oʻzgarishlar boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+