Server Ibragimov paralimpiya oʻyinlari kumush medalini qoʻlga kiritdi
Sportchi 50 metrdan toʻpponchadan otish dasturida 215.3 ball jamgʻarib, ikkinchi pogʻonadan joy oldi.

Server Ibragimov Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi kumush medalni taqdim qildi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiya gʻaznasi yana bir medal bilan boyidi.
Mahoratli para oʻq otuvchi Server Ibragimov kumush medalni qoʻlga kiritdi. U P4 klassida 50 metrdan toʻpponchadan otish dasturida 215.3 ball jamgʻarib, shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi.
Bu uning faoliyatida Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medal boʻldi.