platina.uz

Qoʻshrabot tumani hokimiga hayfsan berildi

Tarmoqda u ayrim xodimlarni haqorat qilgani audiosi tarqalgan. 

Jamiyat
4-sentabr 2024 yil
Qoʻshrabot tumani hokimiga hayfsan berildi

Qoʻshrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevga jazo berildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Internet tarmogʻida Qoʻshrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevning ayrim xodimlarni haqorat qilganligi yuzasidan audio yozuv eʼlon qilindi.

Mazkur holatga viloyat hokimligining tegishli masʼullari tomonidan aniqlik kiritilgan.

"Samarqand viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan Qoʻshrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi" deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Dilshod Shakarboyev Qoʻshrabot tumaniga 2022 yil yozida rahbar etib tayinlangan. U avval Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat olib borgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+