platina.uz
Jamiyat

DXX raisi terrorizmga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirdi

Abdusalom Azizov Toshkentda boʻlayotgan konferensiyada soʻzga chiqib, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi chora-tadbirlarni  muvofiqlashtirish zarurligini taʼkidladi. 

DXX raisi terrorizmga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirdi

Oʻzbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Toshkentda boʻlib oʻtayotgan konferensiyada terrorizmga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.

4-5 sentabr kunlari Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Oʻninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish boʻyicha ikkinchi konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Konferensiyaning yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov tabrik soʻzi bilan soʻzga chiqib, ShHT va MDH makonida kechayotgan murakkab va qarama-qarshi harbiy-siyosiy jarayonlar mamlakatlardan xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashda saʼy-harakatlar va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni birlashtirishni talab etadi, deb taʼkidladi.

– Bu holat ShHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga bevosita tahdid soladi. Vaziyat xalqaro terrorchilik tashkilotlari boshliqlarining davlatlarimizga qarshi oʻzlarining buzgʻunchi rejalaridan voz kechmaganliklari bilan yanada murakkablashmoqda.

Afgʻoniston hukumati oʻz imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib, xalqaro terrorizmga qarshi kurashmoqda, afgʻon maxsus xizmati IDXVga qarshi kurashda yetakchilik qilib, muayyan natijalarga erishmoqda. Shu bois, dushmanga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak.

“Xuroson viloyati”ga qarshi kurashda Afgʻonistonga yordam koʻrsatish muhim, chunki qarshi choralarni zaiflashtirish bu guruhning kuchayishiga sabab boʻladi, bu esa oʻz navbatida, mintaqa xavfsizligiga xavf soladi" deydi DXX rahbari.

"Ishonchim komilki, oʻzaro ishonch, xalqaro terrorizm, ekstremizm va kibertahdidlarga qarshi kurashish sohasida muntazam axborot va tajriba almashishga asoslangan izchil va muvofiqlashgan faoliyatda birga harakat qilish yordamidagina davlatlarimizda barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashda samarali natijalarga erishish mumkin.

Shu bois, bugungi kunda xalqaro anjumanni oʻtkazish dolzarb boʻlib, uning doirasida ishtirokchilar chaqiriqlar va xavfsizlik tahdidlarining bugungi holatini muhokama qilish, samarali qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, xalqaro va mintaqaviy darajada aksilterror hamkorligini mustahkamlash imkoniga ega boʻladilar", - dedi A. Azizov.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid