platina.uz
Jamiyat

Toshkentda terrorizm va ekstremizmga qarshi yirik tadbirlar oʻtkaziladi

“Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari ham boʻlib oʻtadi. 

Toshkentda terrorizm va ekstremizmga qarshi yirik tadbirlar oʻtkaziladi

2024 yilning 4-5 sentabr kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining oʻninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha ikkinchi konferensiyasi boʻlib oʻtadi.

Unda ShHT va MDHga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari, MDH organlarining ishchi tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash muammolarini oʻrganishga jalb qilingan taʼlim va ilmiy-tahliliy tashkilotlar delegatsiyalarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiyada BMT, MDH ATM, Interpol, YeOG, OHIChK va boshqa tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.

Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ishtirokchilarning xavfsizlikka nisbatan boʻladigan yangi tahdidlarga nisbatan umumiy tushuncha va yondashuvlarini shakllantirishdan iborat.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan MDH ATMning muvofiqlashtiruvida Hamdoʻstlik mamlakatlari vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari oʻtkaziladi.

Mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad muhim infratuzilma obʼektlari va odamlar gavjum boʻlgan joylarda terrorchilik harakatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qoʻshma aksilterror tadbirlarini oʻtkazishda MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid