platina.uz
Jamiyat

Rossiyada yetti oʻzbekistonlik YTHda halok boʻldi

Prezident topshirigʻiga koʻra halok boʻlganlar jasadi Oʻzbekistonga qaytariladi. 

Rossiyada yetti oʻzbekistonlik YTHda halok boʻldi

Rossiyada yetti nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi.

1 sentabr kuni "Vostok" federal avtomagistralida Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida sodir boʻlgan YTH oqibatida halok boʻlgan 8 kishining 7 nafari Oʻzbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar kishi turli tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga muvofiq, mamlakat Hukumati tomonidan halok boʻlganlar jasadlarini tez orada Vatanga qaytarish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari koʻrilmoqda.

Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasining Moskvadagi Elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur yordam koʻrsatmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid