Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida kuchli oʻnlikda bormoqda
Delegatsiya hisobidagi oltinlar soni hozircha oltitani tashkil etadi.

Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida kuchli oʻnlikda bormoqda.
Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi oltita oltin, toʻrtta kumush va toʻrtta bronza medallari bilan 9-oʻrinni saqlab turibdi.

Xitoy, Buyuk Britaniya va AQSh hamon yetakchi.
Qoʻshnilar orasida medal qoʻlga kiritgan yagona jamoa Qozogʻiston 56-oʻrinda (-3) bormoqda.