platina.uz
Jamiyat

Surxondaryodagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi

Kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Surxondaryodagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi

Surxondaryodagi konda oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. FVV hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

1 sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Boysun tumani "Koʻlqamish" MFY hududida joylashgan "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli 604-son qudugʻida burgʻulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.

Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan.

Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid