Nurxon Qurbonova — uch karra Paralimpiya oʻyinlari sovrindori
Oʻzbekistonlik sportchi yadro uloqtirish dasturida 7.75 metr natija qayd etdi.

Nurxon Qurbonova uch karra Paralimpiya oʻyinlari sovrindoriga aylandi.
Para yengil atletikachi Nurxon Qurbonova Paralimpiya oʻyinlaridagi uchinchi medaliga sazovor boʻldi.
F54 klassida ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchi hozir yakunlangan yadro uloqtirish dasturida 7.75 metr natija qayd etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.