Germaniya kansleri Oʻzbekistonga keladi
2023 yil may oyida Shavkat Mirziyoyev uni Toshkentga taklif qilgandi.
Siyosat
2-sentabr 2024 yil
Germaniya federal kansleri Olaf Shols sentabr oyining oʻrtalarida Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
Tashrif davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yoʻnalishdagi masalalar muhokama qilinishi kutilyapti.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yil may oyida Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif bilan borgan va kanslerni Oʻzbekistonga taklif qilgan edi.