Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi yangi elchisi tayinlandi
Baxtiyor Ibragimov 2019-2022 yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida elchi boʻlgan.
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozogʻiston poytaxtiga keldi.
Oʻzbekistonning yangi elchisi 51 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994 yilda Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. U yerda yetakchi, bosh mutaxassis, vazir yordamchisi, bosh boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2001 yilda Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasiga birinchi kotib, soʻngra savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi sifatida ishga yuborilgan.
Xorijiy xizmat safaridan qaytgach, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi iqtisodiy tuzilmalarda, Vazirlar Mahkamasida shoʻʼba mudiri sifatida faoliyat yuritgan.
2019-2022 yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida elchi boʻlgan. Shuningdek, TIV departamenti direktori, Oʻzbekiston turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.