platina.uz
Jamiyat

Sentabr oyi uchun taxminiy ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Shunday yillar kuzatilganki, sentabrda Oʻzbekistonning barcha hududi boʻyicha umuman yomgʻir yogʻmagan. Soʻnggi marta bunday anomal quruq oy 2021 yil kuzatilgan. 

Sentabr oyi uchun taxminiy ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda kuzning birinchi oyi boʻlgan sentabrda qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi.

Oyning birinchi oʻn kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda 12-17 daraja haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 28-33 darajagacha, baʼzi joylarda 35 darajagacha isitadi. Oʻn kunlikning ikkinchi yarmida 24-27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Keyinchalik, sentabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari
13-18 darajadan 7-12 darajagacha, kunduz kunlari 28-33 darajadan 20-25 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Oyning uchinchi oʻn kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi mumkin.

Sentabr – kuzining birinchi oyi, ammo Oʻzbekistonda ob-havo sharoitiga koʻra, koʻpincha yozga oʻxshaydi.

Koʻp yillik kuzatuv maʼlumotlariga koʻra, respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida oʻrtacha kunduzgi harorat 30-33 darajani, oyning ikkinchi yarmida 26-29 darajani tashkil etadi.

Yomgʻir odatda kamdan-kam yogʻadi, oy uchun oʻrtacha 1-4 marta va koʻp hollarda jadalligi past boʻladi.

Shunday yillar kuzatilganki, sentabr oyida Oʻzbekistonning barcha hududi boʻyicha umuman yomgʻir yogʻmagan. Soʻnggi marta bunday anomal quruq sentabr oylari 2007 va 2021 yillarda kuzatilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid