Oʻzbekiston yana bir oltin va bronza medalni qoʻlga kiritdi
Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev hamda Tolibboy Yoʻldoshev yayadro uloqtirish boʻyicha muvafqaqiyat qozondi.

Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston yana ikki medalni qoʻlga kiritdi.
Para yengil atletikaning erkaklar oʻrtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi.
Ushbu yoʻnalishda oltin va bronza medallarni ikki nafar sportchi – Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev hamda Tolibboy Yoʻldoshev qoʻlga kiritdi.
Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev 16.37 metr natija bilan chempionlikni tantana qilgan boʻlsa, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yoʻldoshev bronza medalga sazovor boʻldi.