Mohigul Hamdamova bronza medalini qoʻlga kiritdi
Disk uloqtirish dasturida sportchi 32.75 metr natija bilan shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Mohigul Hamdamova Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari sovrindori boʻldi.
Para yengil atletika bahslarida Mohigul Hamdamova bronza medalga sazovor boʻldi. F57 klassida disk uloqtirish dasturida Hamdamova 32.75 metr bilan shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.
Shu tariqa, delegatsiya hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.