Elbek Sultonov Oʻzbekistonga uchinchi oltin medalni keltirdi
Mamlakat delegatsiyasi hisobida hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza mavjud.

Elbek Sultonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga uchinchi oltin medalni taqdim qildi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiya yana bir oltin medalga sazovor boʻldi. Mazkur medalni para yengil atletikachi Elbek Sultonov keltirdi. Yadro uloqtirish boʻyicha F12 klassida kechgan bahslarda yurtdoshimiz 16.45 metr qayd etishga erishdi.
Mazkur natijadan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil qilmoqda.