platina.uz
Jamiyat

“Universalbank” moliyaviy jarima qoʻllanildi

Reklama 25 foiz deya aytilgan bank omonatining yillik foiz stavkasi 22 % tashkil etishi, foizlar har oyda toʻlanishi va kapitalizatsiya qilinmasligi maʼlum boʻlan. 

“Universalbank” moliyaviy jarima qoʻllanildi

“Universalbank” ATBga nisbatan moliyaviy jarima belgilandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, “Universalbank” ATB tomonidan eʼlon qilingan “Sarmoya 25” nomli omonat turi reklamasida ushbu omonat turi boʻyicha yillik foiz stavkasi 25 foizni tashkil etishi haqida axborot berilganligi kuzatildi.

Mazkur reklama boʻyicha bankning rasmiy veb-sayti oʻrganilganda, bank tomonidan taklif etilayotgan “Sarmoya–25” omonatning shartlariga koʻra, omonatning muddati 18 oy boʻlib, yillik foiz stavkasi 22 % tashkil etishi, foizlar har oyda toʻlanishi va kapitalizatsiya qilinmasligi holati maʼlum qilingan. Bundan tashqari omonat turi yuzasidan boshqa muhim maʼlumotlar (omonat muddati, omonat kiritishning eng kam miqdori va boshqalar) berilmaganligi holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Universalbank” ATBga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.

Raqobat qoʻmitasi avvalroq "Ipak Yoʻli" bankini ham jarimaga tortgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid