Putin 3 sentabr kuni Moʻgʻulistonga boradi
Moʻgʻuliston Xalqaro jinoiyat sudi yuridiksiyasini tan oladigan mamlakatdir. Ushbu tashkilot Putinni hibsga olishga order bergan.
Kreml 3 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moʻgʻuliston rahbarining taklifi bilan ushbu mamlakatga borishini maʼlum qildi.
Agar tashrif amalga oshsa, bu Putinning Gaagada Xalqaro jinoiy sudning qamoq haqidagi qaroridan soʻng Rim statusini imzolagan mamlakatga birinchi tashrifi boʻladi.
XJSga aʼzo davlatlar rasmiy ravishda buyruqni bajarishga majburdirlar; Masalan, 2023 yilda Putin qamo xavfi sabab BRIKS sammitida Janubiy Afrikaga bormagandi. Oʻshanda JAR tomondan rasmiy ravishda Putindan kelmaslikni soʻragan.
Oʻshandan beri Putin xalqaro sud yuridiksiyasini tan olmaydigan davlatlarga tashrif buyurdi, biroq Moʻgʻuliston unga qoʻshilish jarayonini 2002 yilda yakunlagan.
Moʻgʻuliston dengizga chiqa olmaydi va faqat Rossiya va Xitoy bilan chegaradosh, bu Putinni hibsga olish va ekstraditsiya qilish haqidagi ehtimoliy farazni qiyinlashtiradi.
Hozirda ikki tomon ham xalqaro sud qarori boʻyicha lom-lim demagan.