Paralimpiya oʻyinlari: Muslima Odilova va Ziyodaxon Isoqova sovrindorlarga aylandi
Suzish va taekvando bahslarida bitta bronza va kumush medallari qoʻlga kiritildi.

Oʻzbekiston paralimpiya oʻyinlarida iikki medalni qqoʻlga kiritdi.
Ayollar oʻrtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish boʻyicha saralash bahslari oʻz nihoyasiga yetdi.
Ahamiyatlisi, ushbu masofada kurash olib borgan para suzuvchimiz Muslima Odilova hal qiluvchi bahsda marraga uchinchi boʻlib yetib keldi va delegatsiya hisobiga bronza medalni qoʻshib qoʻydi.
Eʼtiborli jihati, bu Muslima Odilova uchun faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya oʻyinlari medali hisoblanadi. Para suzuvchi bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham shohsupaga koʻtarilgan va ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Para taekvondo boʻyicha ayollar oʻrtasida -47 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Ziyodaxon Isoqova final jangini oʻtkazdi.

Isoqova Perulik Leonor Anjelika Espinoza Karransaga qarshi kechgan bahsda 10:4 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.