platina.uz

Nursulton Nazarboyevning sobiq kelini 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi

U odam oʻgʻirlash, tovlamachilik va oʻzboshimchalikda aybdor deb topildi. 

Jahon
30-avgust 2024 yil
Nursulton Nazarboyevning sobiq kelini 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Olmaota sudi Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kelini Gulmira Satibaldini 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

U odam oʻgʻirlash, tovlamachilik va oʻzboshimchalik qilishda aybdor deb topildi. Uning haydovchisi va yordamchisi Madi Botirshayev ham odam oʻgʻirlashda aybdor deb topilib, toʻqqiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud, shuningdek, Gulmira Satibaldidan jabrlanuvchi foydasiga 2,6 milliard tenge miqdoridagi moddiy zarar va maʼnaviy zarar uchun 10 million tenge tovon undirdi.

Madi Botirshayevdan 2 million tenge undirilgan. Ikkalasi ham oʻz aybiga iqror boʻlmagan. Davlat ayblovi ularni mos ravishda 13 va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni soʻradi.

2019 yilda Gulmira Satibaldi qarindoshi va biznes sherigi Abay Junusovni 5 milliard tengsini oʻzlashtirishda ayblangandi. U hamma ayblovni rad etgan, shundan soʻng Sotibaldi Madi Botirshayevga murojaat qilgan.

Birgalikda ular Junusovni uyiga olib ketishgan, telefon va pasportini olib ketishdi. Junusov 165 kun aloqasiz ushlab turilgan. Bu vaqt ichida u qarindoshlari bilan birga Ostona va Olmaotadagi bir nechta shirkat va kvartiralarni, ofis maydonini va mashinani Satibaldaning ishonchli vakillariga oʻtkazib bergan.

Bu Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining (ular 2002 yilda ajrashgan) sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldiga oʻqilgan uchinchi hukmdir.

2023 yil may oyida sud uni oʻzboshimchalik va odam oʻgʻirlashda ayblab, etti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Oʻsha yilning iyun oyida u oʻzgalarning mulkini oʻzlashtirgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Avvalroq Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldi davlatga 1,5 mlrd dollardan ooshiq mablagʻni qaytargandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+