Kubaro Hakimova kumush medalni qoʻlga kiritdi
Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil qilmoqda

Yengil atletikachi Kubaro Hakimova kumush medalga sazovor boʻldi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalga erishdi. Para yengil atletikachi Kubaro Hakimova F41 klassida kechgan yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi.
Hakimova murosasiz bahslarda 10.36 metr natija qayd etdi. Mazkur yoʻnalishda ishtirok etgan boshqa bir oʻzbekistonlik Madina Muxtorova 8.10 metr bilan sakkizinchi boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil qilmoqda