platina.uz
Sport

Asila Mirzayorova - oltin medal sohibi

Paralimpiya rekordini yangilagan Mirzayorova Oʻzbekistonga ilk oltinni keltirdi. Delegatsiya hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.

Asila Mirzayorova - oltin medal sohibi

28 yillik Paralimpiada rekordini yangilagan Asila Mirzayorova Oʻzbekistonga ilk oltin medalni taqdim qildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida dastlabki oltin medalini qoʻlga kiritdi. Mazkur chempionlik Asila Mirzayorovaga nasib etdi.

T11 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan sportchi 5.24 metr qayd etib, eng yuqori natijani koʻrsatdi. Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu koʻrsatkich yangi Paralimpiya oʻyinlari rekordi sifatida belgilandi.

Shu tariqa, delegatsiya hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid